06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Sport
15 Yanvar  2019 1508

Hindiston birinchilardan bo‘lib musobaqani tark etdi

Osiyo Kubogi guruh bosqichi so‘nggi 3-tur o‘yinlari ham boshlandi. Bilasizki 3-tur uchrashuvlari parallel ravishda bo‘lib o‘tadi. Kecha A guruhida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Musobaqa mezbonlari BAA terma jamoasi Tailand bilan kuch sinashdi. Ikkala jamoaning ham keyingi bosqichga chiqishi uchun durrang kifoya qilardi. Shuning uchun jamoalar ehtiyotkorlik bilan to‘p surishdi va 1:1 hisobidagi durang bilan o‘yin yakunlandi.

Ikkinchi uchrashuv Bahrayn va Hindiston terma jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Bu o‘yin anchayin qiziqarli kechdi. Sababi bir to‘p farqi bilan bo‘ladigan g‘alaba Bahraynni keyingi bosqichga olib chiqsa, Hindistonga durrang ham yetarli edi. O‘yinning 90-daqiqasigacha hisob ochilmadi. Hamma Hindistonni keyingi bosqichga chiqdi deb o‘ylay boshladi. 90-daqiqada hindistonlik futbolchi o‘z jarima maydonida raqib futbolchisiga qupollik ishlatdi va hakam penalti belgiladi. Jamol Rashid penaltini aniq amalga oshirdi va Bahrayn keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ushbu natijalardan so‘ng guruhda vаziyat quyidagicha. Musobaqa mezbonlari 5 ochko bilan guruhda birinchi bo‘lishdi. Bahrayn 4 ochko bilan ikkinchi, xuddi shuncha ochkoga ega bo‘lgan Tailand esa 3-pog‘ona bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bugungi o‘yinlar:

        В guruhi

Falastin – Iordaniya

Avstraliya – Suriya

Har ikkala bahs ham 18:30 da boshlanadi

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech