15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Xavfsizlik
9 Aprel  2019 3421

Birovning farzandini tug‘ruqxona shifokori 100 dollarga sotdi

Bosh prokuratura Departamentining Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X., bir oilaning dunyoga kelgan farzandini o‘ldiga chiqarib, uni o‘zgaga sotib yuborgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Shifokor fuqaro Z.E.ning 01.04.2019-yilda tug‘ilgan qiz farzandini go‘yoki o‘ldi deb xabar berib, bu haqda hyech qanday ma'lumot qayd etmasdan, 100 AQSh dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech