09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Xalqaro hamkorlik
3 Iyun  2020 559

Hamkorlik uchun “Biznes-nonushtalar”

Roshamkorlikning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Bugun, 3-iyun kuni “Yuksalish” umummilliy harakati ofisida Roshamkorlikning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar bugungi kundagi faoliyatlari hamda oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Jumladan, Rosʼhamkorlik vakolatxonasi rahbari v.b Andrey Krasilnikovning fikricha tomonlar “Biznes-nonushta” formatida biznes doiralar bilan uchrashuvlar tashkil etish orqali tadbirkorlik sohasini rivojlantirishi yoki taʼlim sohasi, shuningdek rus tilini xorijiy til sifatida oʻqitilishini rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Bundan tashqari, qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish, birodarlashgan shaharlar oʻrtasida forumlar oʻtkazish, Rossiya va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining navbatdagi forumini va boshqa shu kabi tadbirlarni hamkorlikda tashkillashtirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, “Yuksalish” umummilliy harakati rahbariyati tomonidan yaqinda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etishda Rossiya Federatsiyasining ushbu yoʻnalishdagi ijobiy tajribasini oʻrganish dolzarb ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, rejalashtirilayotgan xalqaro munozara klubi muhokamalariga rossiyalik ekspertlarni ham jalb etish, Rossiyada istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar, jamoat tashkilotlari ishtirokida forum oʻtkazish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi aniq rejalarni belgilab olgan holda oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar, deb xabar beradi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech