04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Dolzarb
25 Mart  2020 520

BMT koronavirus tufayli barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh katta yigirmatalik davlatlari rahbarlariga maktub yoʻllab, koronavirus tarqalishi sahnida barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Chunki mazkur sanksiyalar oziq-ovqat, tibbiy yordam va kundalik zarur buyumlarni yetkazishga halaqit bermoqda.

Bundan tashqari, Bosh kotib koronavirusga qarshi kurashish uchun tibbiy jihozlar, dori-darmon va boshqa tovarlarni yetkazib berilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan transchegaraviy savdoga joriy qilingan cheklovlarni ham bekor qilishga chaqirdi.

“Hozir birdamlikni namoyon qilish vaqti, oʻz qobigʻiga bekinib olish emas”, deyiladi Antoniu Guterresh yoʻllagan maktubda Guterreshning fikricha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shafeligida koronavirus oqibatlari bilan kurashish uchun harakat qilish mexanizmini yaratish kerak. Bu global javob choralarini kuchaytiradi va virusni toʻxtatish uchun koʻproq imkoniyat beradi, deydi u.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech