27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 505

BMT Nyu-Yorkdagi tibbiyot muassasalariga 250 ming dona tibbiy niqob taqdim etadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari Nyu-York meriga 250 ming dona tibbiy niqobni taqdim etadi, ushbu niqoblar shahardagi tibbiyot muassasalariga tarqatiladi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish nyu-yorklik shifokorlarga oʻz birdamligini izhor qilgan. Eslatib oʻtamiz, BMT shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan.

Hozirgi kunda AQSHning yirik megapolisida koronavirus infeksiyasi keng tarqaldi: oʻn minglab nyu-yorkliklar ushbu virusni yuqtirib olgan, yuzlab inson vafot etdi. Koʻplab shifoxonalar bemorlar bilan toʻla.

“Men Qoʻshma Shtatlar elchisi Kelli Kraft bilan birgalikda AQSHga 250 ming dona himoya niqoblarini taqdim etamiz, ushbu niqoblar hozirgi kunda Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti doʻkonlarida joylashgan”, – deb qayd etdi BMT Bosh kotibi.

Guterrishning soʻzlariga koʻra, niqoblar “shaharning barcha beshta tumanida virusga qarshi tinmay kurashib, fidokorlik va matonat koʻrsatayotgan” shifokorlarga beriladi. “Umid qilamanki, biz shu orqali insonlar hayotini saqlab qolishda oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz”, – deb qayd etgan u.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech