23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Dolzarb
14 Mart  2019 2528

«Boeing» samolyotlarning  «737 MAX» modellarida parvozni to‘xtatib turishni tavsiya qildi

Amerika aviasozlik giganti Efiopiyada sodir bo‘lgan aviahalokat sabablari aniqlanmaguncha «Boeing 737 MAX»larning parvozini to‘xtatib turish to‘g‘ri chora ekani keltirilgan bayonotni tarqatdi.

 

Bayonotda: «AQSh Aviatsiya federal boshqarmasi (FAA), AQSh Transport xavfsizligi milliy kengashi (NTSB), shuningdek, aviatsiya bo‘yicha hukumat va butun dunyodagi mijozlarimiz bilan maslahatlashib, jamoatchilikni bizning laynerlarda parvoz qilish xavfsizligi borasidagi xotirjamligini ta’minlash uchun «Boeing» ehtiyotkorlik chorasini ko‘rish to‘g‘risidagi qarorga keldi va butun dunyo parkidagi «737 MAX»ning 371-modelida parvozlarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatib turishni tavsiya etadi», deyiladi.

Ilgariroq butun dunyo bo‘ylab o‘nlab kompaniyalar «Boeing 737 MAX»larda parvoz qilishni to‘xtatib turishi to‘g‘isidagi qarorga kelganini ma’lum qilgandi. AQSh va Kanadada so‘nggi daqiqalarga qadar samolyotlarning bu modelini aeroportlarda qoldirishdan bosh tortgan, biroq kompaniya bayonotidan sal oldin AQSh Prezidenti Donald Tramp butun mamlakat bo‘ylab «Boeing 737 MAX»lar ekspluatatsiyasini  to‘xtatib turish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Boeing 737 MAX»da nimadir boshqacha ekani borasidagi shubhalar so‘nggi yarim yil ichida shu modeldagi ikkinchi samolyotning, Efiopiyadagi «sho‘ng‘ish»dan so‘ng, halokati qayd etilgach, paydo bo‘ldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uchuvchi nosozliklar haqida ogohlantirgan ekan, ammo aeroportga qaytib kelishga ulgurmagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech