23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
1 May  2019 963

Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (365-son, 29.04.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga muvofiq, institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

- dastlabki tanlov;

- maxsus kasbiy tanlov;

- test sinovlari.

Arizalar 1 yanvardan 1 aprelgacha qabul qilinadi.

- Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

- yakka tartibda suhbatlashish;

individual-psixologik o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

- Maxsus kasbiy tanlov 25-iyungacha quyidagilar doirasida o‘tkaziladi:

- psixofiziologik o‘rganish;

tibbiy ko‘rik;

- yozma ish (diktant);

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha baholash;

- yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Test sinovlari 5-iyulgacha o‘tkaziladi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech