25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,8 °C

Sport
28 Noyabr  2019 1047

Boks janglarini baholab borishda yangi qaror qabul qilindi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining boks bahslarini o‘tkazish va nazorat qilib borish uchun tuzgan komissiyasi yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasining saralash bahslari va Olimpiya o‘yinlarida o‘tkaziladigan janglarda hakamlarning bokschilar uchun bergan ochkolari har bir raund yakunida e'lon qilib boriladi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati. 

Morinari Vatanabe boshchilik qilayotgan maxsus komissiya ochkolarning bunday e'lon qilinishiga baholanish me'zonining shaffof va adolatli bo‘lishi kerakligi bilan izoh bermoqda. XOQning ma'lum qilishicha, bunday qaror sportchilar bilan o‘tkazilgan konsultatsiyadan so‘ng qabul qilingan. Yana bir e'tiborli jihati shundaki, maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, Rio Olimpiadasining boks bahslarida ishlagan referilar yangi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalari va Tokio-2020da faoliyat olib bora olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Osiyo qit'asi va jahon miqyosida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi boks turnirlari kelasi yilning 3-14-fevral kunlari Xitoyning Uxan, 13-24-may kunlari esa Fransiyaning Parij shaharlarida o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech