27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,2 °C

Sport
23 May  2019 469

Boks Tokio Olimpiadasi dasturidan o‘rin oladi

Xabaringiz bor, bir necha oydan beri boksning Tokio Olimpiadasi dasturidan o‘rin olishi, yoinki, chiqib ketishi borasida ko‘plab savollar tug‘ilayotgan edi. Kecha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax tashkilotning ijroqo‘m a'zolari bilan boksning Tokio Olimpiadasidan o‘rin olish masalasi va kvalifikatsiya tizimi, bellashuvlarni qaysi tashkilot shafeligida o‘tkazilishi kabi masalalarga bag‘ishlgangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, boks Tokio Olimpiadasi dasturidan o‘rin oladi, ammo shu paytgacha boks bellashuvlarini o‘tkazgan AIBA tashkiloti Olimpiadaning saralash tizimiga aralashmaydi va tashkilotning Olimpiya o‘yinlaridagi roli butunlay to‘xtatiladi. Ushbu yig‘ilishda boks bellashuvlarini XOQ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus komissiya o‘tkazishi va unga Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe rahbarlik qilishi borasida xulosaga kelindi. Tokio Olimpiadasi uchun avvalgidek umumiy hisobda 286 ta kvota ajratilgan. Bunda erkaklar o‘rtasida 8, ayollar o‘rtasida 5 vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Biroq musobaqalar aynan qaysi vazn toifalarida o‘tkazilishi bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan.

Qayd etish joiz, bu yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati XXXII Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma bermaydi. Tokio Olimpiadasiga litsenziya beradigan musobaqalar kelasi yilning yanvar va may oylari oralig‘ida o‘tkaziladi. Biroq bunga mezbonlik qiladigan davlatlar va turnir sanalari bo‘yicha hozircha aniq to‘xtamga kelinmagan. Yuzaga kelayotgan barcha masalalar bo‘yicha yakuniy qaror 24-26-iyun kunlari Lozannada o‘tkaziladigan XOQning navbatdagi Sessiyasida e'lon qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech