21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +41,2 °C

Sport
12 Fevral  2019 1181

Bokschilarimiz yangi mavsumni Bolgariyadagi musobaqa bilan boshlaydi

13-20 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha 70-an’anaviy «Strandja» turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi ishtirok etadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliyev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullayev
-91 kg: Sanjar Tursunov.

Murabbiylar:

Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkayev

Shuningdek, Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech