16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Sport
31 Iyul  2019 565

Bolgariyadagi jahon chempionatida hamyurtimiz chempion bo‘ldi

O‘tgan yili Argentina poytaxtida o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Umidjon Jalolov endilikda jahon chempioni unvonini ham rasmiylashtirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

-55 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz finalda eronlik raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Ta'kidlash joiz, musobaqa davomida faqat finalda Jalolovning raqibi ochko ololdi xolos. Qolgan barcha bellashuvlarda Umidjon yirik va “quruq” hisobda g‘alaba qozongan.

-48 kilogramm vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kamronbek Qadamov ham finalda mardonavor kurashdi. Eron termasining boshqa bir vakili bilan bahs olib borgan kurashchimiz bellashuvida 4:4 hisobi qayd etildi. So‘nggi ochkoni Rahmon Amuzadhalili qo‘lga kiritgani uchun qoidaga muvofiq oltin medal fors yigitiga nasib etdi. Afsuski, -65 kilogramm vazn toifasida kurashgan boshqa bir vakilimiz Qudratbek Nurillaev hindistonlik kurashchiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech