26 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Urbanizatsiya
21 Yanvar  2020 831

Jahongir Artikxodjaev «Alshaya Group» kompaniyasi mintaqaviy vakili Nenji Menxotra bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini xususan, Toshkentda jahonga mashhur «Starbucks» qahvaxonalari tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimi yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qulay investitsion muhit xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, mehmonlarga Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy, investitsion hamda turistik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.

Xorijiy tomon yaqin besh yilga mo‘ljallangan demografik o‘sish ko‘rsatkichlariga asoslanib, shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Kompaniyaning mintaqaviy vakili Nenji Menxotra Toshkent shahri hududida 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarni qurish loyihasiga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, xorijiy tomon “Starbucks” qahvaxonalari tarmog‘i va mehmonxonalarni ochish loyihasini amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlashi haqida ma’lumot berdi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, «Alshaya Group» – chakana franshizaning yetakchi xalqaro operatori bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Rossiya, Turkiya va yevropada 90 ta iste’mol brendlariga hamda ko‘chmas mulk, qurilish, mehmonxonalar, avtomobil va umumiy savdo sohasida xoldinglarga egalik qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech