24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Tashvishli xabar
16 May  2019 3980

Bosh prokuratura Samarqanddagi qotillik bo‘yicha axborot berdi

Ma'lum qilinishicha, 15-may kuni soat 13:00 larda Qo‘shrabot tumani «Do‘stlik» mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan «Damas» rusumli avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi A.X. (1969 y.t.), uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi Z.X. (1974 y.t.), o‘g‘illari J.I. (1998 y.t.), A.I. (2002 y.t.) va O.I. (2004 y.t.)larning murdalari, har birining bosh va yuz sohalarida og‘ir tan jarohatlari, ya’ni qotillik alomatlari bilan topilgan.

Voqya joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Bosh prokuratura O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari tun-u kun amalga oshirilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech