05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Kеyingi avlod
10 Mart  2020 682

Boshlang‘ich ta'limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi

“Bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (132-son, 09.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi to‘liq joriy etiladi.

Maktabgacha ta'lim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantiradi.

- Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili:

- 2019/2020 o‘quv yilida 2020 yil 10 martdan boshlanadi va 20 avgustda tugaydi;

- 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayida tugaydi.

Bog‘chalar tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta'limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul 1 yillik tayyorlovdan ozod etiladi.

Bunda, ushbu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga boshlang‘ich ta'limga majburiy 1 yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yiliga kelib 6 yoshdagi bolalar maktabgacha ta'lim bilan 100 foiz qamrab olinadi.

Qaror bilan, shuningdek, Bolalarni boshlang‘ich ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tayyorlov guruhlari bog‘chalarda  (bog‘cha mavjud bo‘lmagan yoki yetarli sharoit bo‘lmaganda boshqa mos binolarda) tashkil etiladi.

Guruhlarda bolalarning bo‘lish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va ta'lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech