27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Dolzarb
18 May  2020 266

Boshqa davlat fuqarolariga ham...

AQSH hukumati pandemiya sharoitida aholisiga pul tarqatmoqda.

AQSH hukumati pandemiya sharoitida muammolarga duch kelgan aholiga pul tarqatmoqda. Kattalar uchun 1200, bolalarga 500 dollar (bunda yillik daromad 75 ming dollardan oshmasligi kerak, daromad oshsa, toʻlov summasi kamayadi).

Mutaxassislarning aytishicha, toʻgʻridan-toʻgʻri pul berish inqiroz davrida isteʼmolni qoʻllab-quvvatlash uchun eng yaxshi vosita, chunki bu iqtisodiyotga zararning taʼsirini kamaytiradi. Tadqiqotlarga koʻra, oilalarga berilgan pul ularning isteʼmolini 0,29 dollarga oshirdi, birinchi kunlarda xarajatlar 1,5-2,5 baravar oshdi. Yaʼni aholi olgan pullarini oʻz xarajatlari uchun sarflamoqda va qaysidir maʼnoda pulni iqtisodiyot uchun qaytarib bermoqda.

Muhim jihati, yordam puli faqat AQSH fuqarolariga emas, mamlakat hududida qonuniy yashayotgan boshqa fuqarolarga ham beriladi. Yuqoridagi suratda ushbu davlatda yashayotgan oʻzbekistonlik Qodirovlar oilasiga (3 nafar) taqdim etilgan 2 900 dollarlik chek, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech