18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Xavfsizlik
25 May  2019 844

Bozordan  joy olish 15 ming dollarmi?

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.larga Uchtepa tumanidagi “Farhod dehqon bozori” AJ hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1.800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech