23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Ijtimoiy hayot
24 Mart  2020 1755

Bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi qancha?

Bugun koronavirus tufayli karantin e’lon qilingan Toshkent shahrida oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozori kuchaytirilgan nazorat tartibida faoliyat yuritmoqda.

Poytaxtimizning Bektemir tumanida joylashgan "Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori" aksionerlik jamiyatida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo shoxobchasi odamlar bilan gavjum. Bu yerda poytaxt aholisi uchun kuniga 40-50 tonna kartoshka, sabzi va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

- Har kuni tushgacha 20 tonna, tushdan keyin 30 tonnagacha kartoshka mahsulotlarini sotuvga chiqaryapmiz, - deydi Bektemir tuman DSI xodimi, shtab a’zosi Ismat Abdurahmonov. - Hali zaxirada kartoshka mahsulotlari ko‘p. Xavotirga o‘rin yo‘q. Yana o‘n kunlardan keyin agar Surxondaryo kartoshkasi pishsa, butun O‘zbekistonga yetadi. Hozir bir kilogramm kartoshka 2 900 ming so‘m, piyoz 1500 ming so‘m, sabzi 1000 ming so‘mdan sotilmoqda. Meva-chevalar narxi ham ancha pastladi. Olma, anor, banan, uzum mandarin, limon va boshqa mevalar narxi arzonlagan.      

Bozor hududiga kiraverishda tashkil etilgan postda mazkur hududga kiruvchi har bir fuqaroning niqob taqqani kuzatuvga olingan. Niqobsiz fuqarolar bozor hududidga kiritilmayapti. Har besh daqiqada fuqarolarning bozor hududini (agar ishi bitgan bo‘lsa) tark etishi talab etilmoqda. Har uch soatda bozor ichi dizenfeksiya qilinyapti.

Hududga tutash "Qo‘yliq dehqon bozori" AJda ham oziq-ovqat mahsulotlari sotuvi davom etmoqda. Bu yerda  birinchi navli 1 kilogramm Qozog‘iston uni  4000 ming so‘m, 1 litrlik kungaboqar yog‘i 11000-12000 ming so‘m, 1 kilogramm shakar narxi 5500-6000 ming so‘mdan savdoga chiqarilgan.

Yana bir yirik hudud "Aviasozlar" bozorida ham shunday arzonlashtirilgan savdo shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari aholiga arzon narxlarda yetkazib berilmoqda. Shuningdek, mol go‘shti 39 000 so‘m, tovuq go‘shti 20 000-27000 so‘mdan, bir fileyka tuxum 15000-20000 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bozorlarda xaridorlarning hech qanday vahimaga berilmasdan xotirjam savdo qilayotgani quvonarli.

Abdulhay Yunusov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech