24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Kеyingi avlod
5 Yanvar  2019 12170

Bu yil 1-avgustdan o‘quv rejasi qisqaradi

Maktab o‘quv dasturi 2019-yilning 1 avgustiga qadar ishlab chiqiladi.

Xalq ta’limi vazirligi 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan va qator fanlar bo‘yicha soatlar miqdori kamayishi nazarda tutilgan tayanch o‘quv rejasi (TO‘R) ning ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-nashrlarda e’lon qilinishiga izoh berdi. Ma’lum bo‘lishicha, reja hali tasdiqlanmagan. 2019-yilning 1-avgustiga qadar Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab o‘n foizga qisqarish, shuningdek, soatlari kesiladigan mutaxasssislarni bepul qayta tayyorlashni ta’minlash aks etgan TO‘Rni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritishi lozim. Bu Prezidentimizning 2018-yil 14-avgustdagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ham o‘z aksini topgan. Barcha fanlar zamonaviy talablarga mos holda tahlildan o‘tkaziladi va bu o‘z navbatida darsliklarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bundan asosiy maqsad, bitiruvchilarga o‘z hayot yo‘lini topish va omadli kishilarga aylanishida yordam berishga qaratilgan ta’lim sifatini yaxshilashdir.

XTV barcha manfaatdor shaxslarni vaqtidan ilgari xulosa chiqarmaslikka, ushbu va sohaga oid boshqa muhokamalarda ishtirok etish orqali Tayanch o‘quv rejasini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi. Munozaralar jarayonida mutaxassislar qabul qilingan davlat ta’lim standartlari bazasida o‘quv rejasini isloh qilishning bir necha ssenariylarini tayyorlashadi va ularning loyihalari e’lon qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech