27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Kеyingi avlod
4 May  2019 824

“Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxati tuziladi

Manaviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Shunga ko‘ra, Kengash qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazishi lozim.

Qaror bilan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida respublika bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” va “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” tanlovi o‘tkaziladi.

“Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxati tuziladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Respublika kengashining, uning hududiy bo‘lim va bo‘linmalari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organlari hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi hamda Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi ishlab chiqiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun mas’ul xodimlar Markaz huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasida o‘qitiladi.

Qaror bilan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Markaz Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan organlar ro‘yxatiga kiritildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech