18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,2 °C

Madaniyat
19 Aprel  2019 979

Bu yilgi festival avvalgilaridan farqli bo‘lishi kutilmoqda

Joriy yilning 22-27-aprel kunlari O‘zbekiston badiiy akademiyasi bir qator tashkilot va o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlangan an'anaviy “Tasviriy va amaliy san'at festivali” o‘tkaziladi.

Unda taniqli rassomlar va hunarmandlar, qo‘li gul ustalar, san'atshunos olimlar, o‘qituvchilar, talaba yoshlar, ixtisoslashtirilgan san'at maktabi o‘quvchilari va mehmonlar ishtirok etadi.

“Tasviriy va amaliy san'at festivali” Markaziy ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san'at galereyasi, O‘zbekiston davlat san'at muzeyi, Yosh tomoshabinlar teatrida shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha  viloyatlarda  o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, festival doirasida turli ko‘rgazmalar, konsertlar, taniqli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi, turli uchrashuv va davra suhbatlari bщlishi rejalashtirilgan.

Tasviriy san'atning o‘ziga xos marafoni bo‘lgan ushbu ijodiy haftalik qiziqarli va betakror dasturlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Festival rasman  22-aprel kuni poytaxtimiz va barcha viloyatlarda ish boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech