23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Yashil sayyora
26 Iyul  2019 818

Daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etiladimi?

Ozbekiston Ekoharakati deputatlarining tashabbuskor guruhi Ekologik partiya bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga mamlakat boylab daraxtlarni kesishga uch oylik moratoriy joriy etish togrisidagi murojaatni kiritishga tayyorlanmoqda.

«O‘zbekistonda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq vaziyatga jamiyatning og‘riqli munosabati uzoq vaqtdan beri mavjud. Bu Toshkent shahridagi xiyobonning yuz yillik chinorlari beayov kesilishidan boshlandi va butun mamlakat bo‘ylab davom etdi: Toshkentdagi xiyobon, Farg‘onadagi Markaziy ko‘cha (sobiq Karl Marks), Urganchdagi qirg‘oqbo‘yi va boshqa ko‘p joylarda. Davlat organlari avvaliga qilayotgan ishiga biror jo‘yali javob topishga harakat qilishdi, lekin so‘nggi yillarda, hatto ogohlantirishlaru izoh berishlar ham to‘xtadi - shunchaki asrga tengdosh daraxtlarni kesib, o‘rniga archalar ekishdi, - deyiladi deputatlar ko‘rib chiqishi uchun topshirilgan xizmat varaqasida.

Hokimlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa vakolatli davlat tuzilmalarining noaniq izohlari, rasmiyatchilik uchun yozilgan xatlari, qabul qilingan qarorlarda biror jo‘yali izohlarning bo‘lmasligi, jamoatchilik fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiborsiz qoldirib, muloqot qilishni istamaslik aholi o‘rtasida norozilikning kuchayishiga, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy axborotlarning tarqalishiga va zamonaviy mansabdor shaxsning salbiy qiyofasini shakllantirishga olib keladi, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va islohotlar siyosatini obro‘sizlantiradi».

Ma’lumki, bugun, Davlat ekologiya qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, olti oy davomida atrof-muhit qonunchiligining buzilishi holatlari aniqlangan bo‘lib, unda o‘simlik dunyosiga zarar 2,24 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

1232 ma’muriy ishlar bo‘yicha 961,9 million so‘mlik jarima undirilgan. Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun yettita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha umumiy zarar 1,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Sudlarga, prokuraturaga va ichki ishlar organlariga jarima va kompensatsiya summasini undirish uchun jismoniy hamda yuridik shaxslarga nisbatan 189 ta ma’muriy va jinoiy ishlar yuborildi.

«E'lon qilingan raqamlarga qaramasdan, amalda ko‘p hollarda bunday ishlar yashiriladi yoki muammo boshqalarga bildirmay hal qilinadi, ba’zi hollarda aniq jinoyat izlari kuzatiladi, deyiladi xizmat varaqasida.

Yuqoridagilarni hisobga olib, tezkor, shu bilan birga oldini olish choralarini ko‘rish vaqti keldi, ulardan biri hech bir istisnosiz, butun respublika bo‘ylab, mansabdor shaxslarning noto‘g‘ri qarorlari oqibatlarini kamaytiruvchi va ijtimoiy keskinlikni bartaraf etishga qaratilgan, ishlab chiqishga va kompleks chora-tadbirlar qabul qilinganiga qadar 3 oy muddatga daraxtlarni kesishga moratoriy e’lon qilishdir».

O‘quvchilar qanday fikrda - bizga bunday tashabbus kerakmi va bu shaharlarimiz qiyofasini va ekologiyasining umumiy holatini buzayotgan daraxt kesuvchilarni to‘xtatishda yordam beradimi?

Daraxt kesishga moratoriyni joriy etish shaharlarimiz yashilligini saqlab qolishga yordam beradimi?

Ha, yordam beradi

Hech qanday yordam bermaydi

Bizga baribir

Foto nuz.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech