13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Mamlakatimizda
4 Dekabr  2019 407

Toshkent issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish Strategiyasi ishlab chiqiladi

Prezidentimizning 2019-yil 2-dekabrdagi «Toshkent shahrining issiqlik ta'minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Loyiha bilan 2019-2021-yillarda Toshkent shahrining issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Rejasi tasdiqlandi.

Rejaga muvofiq, Toshkent shahrining issiqlik ta'minoti tizimini kompleks rivojlantirish va keng ko‘lamli modernizatsiya qilish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Iste'molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ta'minlash uchun Toshkent shahar tuman hokimlarining javobgarligi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab issiqlik quvurlarini rekonstruksiya qilishda majburiy tartibda polimer issiqlik izolyasiyasiga ega quvurlar, shu jumladan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi himoya qoplamali penopoliuretandan foydalaniladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech