31 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Xavfsizlik
27 Fevral  2020 1031

Firibgarlardan ogoh bo‘ling

35 yoshli Munira ismli ayol 34 yoshli Sevaraning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va'da qilgan.

Bu to‘g‘rida 2019-yil 19-avgust kuni Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.

O‘z «xizmatlari» evaziga esa 9 000 dollar olib, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2019-yilning noyabr oyida 47 yoshli Mirzaotabek 39 yoshli Iskandar ga «Mercedes Benz» rusumli avtomobil xarid qilishda yordam berishini va’da qilgan. Shu bahona undan 25 400 dollar olgan va va’dasiga xilof tarzda pullarni o‘z ehtiyojiga sarflayu yuborgan. Mirzaotabekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017-yil iyun oyida 30 yoshli Dilshod tanishi 30 yoshli Timurga kompyuter uchun arzon narxda videokarta olib berishni va'da qilgan. Buning uchun u Dilshoddan 8 400 dollar olib, pullarni o‘z ehyotijiga sarflab yuborgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2019-yil 18 noyabr kuni 34 yoshli tadbirkor A’zam  41 yoshli Aliaskarning ishonchiga kirib, unga hamkorlikda telefon savdosi bilan shug‘ullanishni taklif qilgan. Shu bahonadan undan 21 500 AQSh dollari olgan A’zam va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech