14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Salomatlik
10 May  2020 3484

Bugun 1 870- marra zabt etildi

Samarqandda 10 nafar, Toshkentda 14 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar 1 870 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (4 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan, Jomboy va Payariq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, 9 nafari kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Gruziyadan Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan. Ularning eng yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshda.

Samarqandda shu paytga qadar 80 nafar bemor sog‘aygan.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 bemor sog‘aydi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘aygan bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi shu yil tug‘ilgan chaqaloq.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Qozog‘istondan kelgan. Qolgan 1 nafari esa kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 78 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Toshkentda shu paytga qadar 575 nafar bemor sog‘ayib chiqqan.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1870 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech