06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Salomatlik
28 May  2020 337

Bugun 32 nafar bemor sogʻaydi

Mamlakatimizda 32 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 2 668 nafarga yetdi.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar. Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, jami 32 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 4 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi 34 yoshda.

Toshkentda shu paytga qadar 980 nafar bemor sogʻaygan.

Navoiyda tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol kishi.

Navoiyda endilikda sogʻayganlar 12 nafarga yetdi.

Samarqandda 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda.

Samarqandda ayni paytga qadar 254 nafar bemor sogʻaygan.

Shunday qilib, bugun 32 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 668 nafarni tashkil etadi deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech