05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
13 May  2020 1342

Bugun 36 nafar bemor sogʻaydi

Uchta hududdan 21 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻaygan bemorlar soni 2 076 nafarga yetdi.

Ayni soatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpogʻistonda toʻliq sogʻayganlar 110 nafar, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2 076 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech