09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,5 °C

Salomatlik
29 Iyun  2020 319

Bugun 81 nafar bemor sogʻaydi

Bugun Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar, jami 81 nafar bemor koronavirus dardidan forigʻ boʻldi.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19dan sogʻayganlar soni 3119 nafarga yetdi.

Qashqadaryo viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻlganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 329 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech