17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Harbiy
5 Iyul  2019 1259

Bugun oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta'lim muassasalari – Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik va O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlariga o‘qishga hujjat topshirgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” va Olmazor tumanidagi “O‘zko‘rgazmasavdo” hamda Jizzax olimpia zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tdi.  Shundan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga 1 501, Qurolli Kuchlar akademiyasiga 1 655 va O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga 500 nafar abiturient hujjat topshirib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 

Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlash yagona tanlov asosida, ya'ni kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi. 

“Oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun bu yilgi test sinovlari katta sig‘imli pavilonlarda o‘tkazilmoqda.  Bu sinovlarning oshkoraligi va shaffofligini ta'minlashga xizmat qiladi.  Test sinovlari o‘tkazilayotgan mazkur inshootlarga zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilib, onlayn kuzatuv ham yo‘lga qo‘yildi. Bu pavilon tashqarisida tashkil qilingan maxsus kutish joyida o‘tirgan ota-onalar uchun farzandlarining test yechish jarayonini kuzatib borishida ham qulaylik yaratmoqda”, – deydi Mudofaa vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Akmal Ortiqov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech