09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Madaniyat
29 Dekabr  2019 1824

Bugun “O‘tkan kunlar” filmi 10ta milliy telekanalda namoyish etilmoqda

“O‘zbekkino” va 10ta milliy telekanallar mashhur “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasini namoyish etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ko‘magi bilan, 29-dekabr kuni “O‘zbekkino” va 10ta milliy telekanallar “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasini bir vaqtda namoyish qilish aksiyasini o‘tkazadi.

Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning romani asosida yaratilgan ushbu film namoyishi yozuvchi tug‘ilganining 125 yilligiga bag‘ishlanadi. Joriy yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslariga ko‘ra, 1969-yilda rejisser Yo‘ldosh A'zamov tomonidan yaartilgan “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasi negativ plenkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o‘tkazildi va 2019-yil 7-dekabr kuni O‘zbekistonga taqdim etildi.

Taniqli hamyurtimiz, mashhur xayriyachi Alisher Usmanovning beminnat ko‘magida amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan bu tadbir,  milliy kinematografimizning durdona asarlarining raqamli formatga o‘tkazilgan versiyasini Rosiya kinofondidan qaytarib olib kelish milliy loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Film namoyishi tong soat 8 da davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boshlandi:

1  «O‘zbekiston» telekanali  21.40 (o‘zbek tilida)

2  «Yoshlar» telekanali  10.20 (o‘zbek tilida)

3  «Mahalla» telekanali  18.30 (o‘zbek tilida)

4  «Oilaviy» telekanali  13.10 (rus tilida)

5  «Madaniyat va ma‘rifat» telekanali  15.10 (o‘zbek tilida)

6  «Kinoteatr» telekanali  16.40 (o‘zbek tilida) va 20.10 (rus tilida)

7  “Sevimli” TV  10.00

8  “Mening yurtim” TV  22.30

9  “Zo‘r” TV  11.00

10  “Milliy” TV  08.00

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech