02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,9 °C

Salomatlik
2 Iyul  2020 618

Bugun sogʻayganlar soni 5 800 nafardan oshdi

Bugun toʻrtta hududda 152 nafar bemor koronavirusdan forigʻ boʻldi.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 1 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, jami 152 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3 482 nafar bemor sogʻaydi.

Buxoroda esa COVID-19dan tuzalganlarning soni 504 nafarga yetdi.

Samarqandda sogʻayganlar soni 400 nafarni tashkil qiladi.

Qashqadaryoda esa 74 nafar bemor infeksiyadan forigʻ boʻldi.

Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 152 nafar bemor COVID-19dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 834 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech