17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Energetika
19 Avgust  2019 331

Bugundan Mirzo Ulug‘bek tumani hamda Termiz shahrida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatish boshlanadi

Joriy yil 19-avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani va Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, fuqarolardan xonadolorda 2 oy davomida voyaga yetgan shaxsning bo‘lishini ta'minlash hamda imkon qadar hozirda mavjud hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto sur'atga olib qo‘yish so‘ralmoqda. 

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod va Sergeli tumanlaridagi 240 mingdan ziyod aholi iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.

Ta'kidlash joiz, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech