23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Transport
2 Aprel  2019 1364

Bugundan Toshkent shaharidagi ayrim yo‘nalishlarga yangi avtobuslar biriktirildi

“Toshshahartransxizmat” AJ muntazam ravishda barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakati, ularga bo‘lgan talab hamda yo‘lovchilar oqimini monitoring qilib bormoqda. Shu asosda 2-apreldan boshlab “MAN” va SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar harakat tig‘iz yo‘nalishlarga biriktirildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Xususan, “Qo‘yliq-1 va Yunusobod-9” mavzelari oralig‘ida qatnovchi 93-avtobus yo‘nalishida amalda harakatlanayotgan transportlarga yana 5 ta “MAN” rusumli yangi avtobuslarlar biriktirildi. Bu bilan ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos bo‘lishiga erishildi.

Bundan tashqari, “Yunusobod-19 mavzesi va Toshkent Xalqaro aeroporti” oralig‘ida qatnovchi 67-yo‘nalishdagi eski «Isuzu» rusumli avtobuslar o‘rniga o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli yangi avtobuslar biriktirildi. Shahar transport xizmati sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishidagi ishlar davom ettirilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech