30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Ijtimoiy hayot
6 May  2020 462

Zarar yetkazilgan ob'ektlarga ko‘mak

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari Buxoro viloyatida ta’mirlash ishlarida faol ishtirok etyapti. 

Ma’lumki, joriy yil 27-aprelida Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan kuchli shamol va yomg‘ir oqibatida ijtimoiy soha ob'ektlari va qator turar-joy massivlari jiddiy zarar ko‘rgan.

Mamlakatimizning ko‘plab tashkilotlari va korxonalari qatorida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli Toshkent, Qarshi, Qo‘qon, Buxoro va Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzellarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida ham ta'mirlash ishlarida faol ishtirok etyapti. 

1 340 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar, shu jumladan boshqaruv tarkibidan tashkil topgan shtab guruhi katta zarar yetkazilgan 15 ta ob’ektni tiklanish ishlari ni olib boryapti. Asosiy ishlar zarar ko‘rgan infratuzilma va aholi yashash uylarning yaroqsiz holga kelgan tom qismlarni demontaj qilish, shuningdek, tom qismni to‘liq tiklash bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Shtabga biriktirilgan ob'ektlarning bugungi kungacha tom qismlarni ta’mirlashda jami  34 360 metr kvadratda 17 896 dona shifer qo‘yildi, 59 62,5 metr stropila, 17 434 metr reyka va yog‘ochli ustunlar o‘rnatildi, 3 949 metr kvadrat profnastil yangilangan va metr 600 kvadrat polizol va bitum bilan qoplandi. Bundan tashqari, ishchi-xodimlar aholi istiqomat qiladigan uy-joylarning hovlisida shikastlangan devorlarni ham qurish va ta’mir ishlarini ham bajarmoqda.

Yordam ko‘rsatayotgan ishchilarga aholi har kuni minnatdorchilik so‘zlarini izhor etmoqda, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech