16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Hukumat
30 Mart  2019 2456
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Buxoro viloyati «sayohatlar chorrahasi»ga aylantiriladi

Buxoro viloyati turizm sohasida katta salohiyatga ega. Bundan foydalanib, 2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar ko‘paytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yig‘ilishda bu masalaga alohida to‘xtalib, tegishli vazifalarni belgilab berdi. Buning uchun avvalo zamonaviy mehmonxonalar barpo etish, transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ta'kidladi.

Joriy yilda Buxoro shahridagi «Buxoro-palas», «Varaxsha» va «Zarafshon» mehmonxonalari rekonstruksiya qilinib, 32 ta yangi mehmonxona, 9 ta motel va 50 ta mehmon uylari foydalanishga topshiriladi. Natijada mehmon o‘rni 7 mingtaga yetib, turistlarni qabul qilish imkoniyati qariyb 2 barobar ko‘payadi.

G‘ijduvon – Kogon yo‘nalishidagi 122 kilometr yo‘lni ta'mirlash, «etti pir» ziyoratgohlari o‘rtasida qulay va zamonaviy transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, xalqaro halol standartini keng joriy etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari aviaqatnovlar sonini oshirish, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlari bilan avtobus va poezdlar qatnovini ko‘paytirish orqali Buxoroni «sayohatlar chorrahasi»ga aylantirish lozimligini ta'kidladi.

Shuningdek, «Buxoro tarixi» muzeyini qurish, ko‘ngilochar maskanlar, hunarmandlar markazlari va Buxoroning eski shahar qismida turistlar piyoda sayr qiladigan yo‘nalishlar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech