23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Mamlakatimizda
9 Mart  2019 1484

Bo'stonliqdagi mudhish hodisa yuzasidan bosh prokuratura axborot berdi

2019-yil 28-fevral kuni soat 22:40 larda Bo‘stonliq tumani IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq ko‘chasi 34-uyda yashagan 15.01.1980-yilda tug‘ilgan I.U.ning murdasi o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003-yilda tug‘ilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 01-mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 01.03.2019-yilda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

02.03.2019-yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech