16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Kеyingi avlod
18 May  2019 632

Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

Buxoro shahrida arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Xalq ta’limi vazirligi “Buxoro shahrida Arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. 

Mazkur maktab jahon miqyosida arab tilining mavqei o‘sib borayotganligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillaridan biri ekanligini inobatga olingan holda, yoshlarni arab tilini puxta o‘zlashtirishga qiziqishini kuchaytirish va kelajakda malakali arabshunos kadrlarni tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida do‘stlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlash uchun tashkil qilinmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, maktabda davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda arab tilini chuqur o‘qitilishi tashkil etiladi.

Yangi ta’lim muassasasi o‘quvchilarda arab tilida muloqot qilish qo‘nikmalarini shakllantirish va ularni fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta'minlaydi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi kabi fanlarining o‘quv rejalarini yurtimiz davlat ta'lim standartlarini hisobga olgan holda joriy etish vazifasi yuklatiladi.

2020-2021-o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktabning 5-, 6-, 7- va 8-sinflariga hamda 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziriga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnik bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini berish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili, adabiyot va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkazish vazifasi yuklatildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech