19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Sport
3 Yanvar  2019 1138

Buxoroda ikki sportchiga “Spark” avtomobili berildi

2018-yil o‘zbek sporti uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Ortda qolgan yil davomida atletlarimiz bir necha kompleks musobaqalarda ishtirok etdilar.

Jakarta mezbonlik qilgan Osiyo hamda Paraosiyo o‘yinlari, Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasi shular jumlasidandir. Mazkur musobaqalarda sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha natijalarni yaxshilay olishdi.

Shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. MOQ rahbari safar doirasida Paraosiyo va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan sportchilar – Abdumalik Xalakov (boks) va Umidjon Jalolov (erkin kurash) «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning murabbiylari, Paraosiyo o‘yinlari sovrindorlari Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Sharif Xalilov, Sherzod Namozov, Shuhrat Boboev va Muhammad Rihsimov kabi sportchilarimizga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech