25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Xavfsizlik
4 Yanvar  2020 6096

Buxorodagi yo‘l-transport hodisasi 2 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

2020-yil 2-yanvar kuni taxminan soat 18:10 larda 26 yoshli F.N. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasini Peshko‘ tumani «Jongeldi» MFY hududidan o‘tgan 4R-61-sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab A-380-sonli xalqaro avtomobil yo‘li tomon boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan haydovchi 24 yoshli D.Q.ning boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinaning orqa qismiga borib urishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, haydovchi F.N. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomashina yo‘lovchilari 49 yoshli G‘.O. va 43 yoshli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, yo‘lovchi 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshko‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech