22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Mamlakatimizda
12 Iyul  2019 497

Salkam 5,5 million so‘mlik buyurtma puli qaytarildi

Buxoro shahar A. Somiy ko‘chasida yashovchi Nodirbek Aliev Buxoro shahri 5 kichik noxiya hududida joylashgan «TaxtapuL» savdo do‘koniga buyurtma qilingan “muammoli” eshik sabab O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Federatsiya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, iste'molchi 2019-yil 22-may kuni eshik uchun 5 450 000 so‘m to‘lovni amalga oshiradi va unga buyurtma bir oy ichida tayyor bo‘lishi ma'lum kilinadi.

Belgilangan bir oy o‘tgach Aliev savdo do‘koniga boradi va buyurtmani so‘raydi lekin 2-3 kundan keyin degan javobni oladi. Oradan 2 xafta vakt o‘tadi, iste'molchi Toshkent shahridagi ishlab chiqaruvchi sexga murojaat qiladi, ular Buxorodan bunday buyurtma qabul qilinmaganligini ma'lum qilishadi. Qolaversa, Buxorodagi savdo do‘koni bilan anchadan buyon ishlamayotganliklarini aytishadi. Noxiyadagi «TaxtapuL» savdo do‘koniga kelgan xaridorga Toshkentdagi sex vakillari aldayotganligini aytishadi va qayta Toshkentdagi sexga shu yerning o‘zidan qung‘iroq qilishadi, ular esa buyurtma yo‘qolib qolganligini aytishadi.

Iste'molchining huquqi buzilgan, buyurtmachidan pulni qaytarishlarini so‘raganida pul yo‘qligini aytishadi.

Federatsiya mutasaddilari tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida iste'molchining 5 450 000 so‘m puli to‘liq qaytarildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech