27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
17 Aprel  2020 2037

Byudjet tashkilotlaridagi cheklovlar

Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi.

2020-yil 16-aprelda Hukumatning 232-sonli «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida  ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razrayadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida:

- asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1-iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;

- kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech