25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Mamlakatimizda
11 May  2020 315

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi

Parlament yuqori palatasi aʼzolari toʻrtinchi yalpi majlis doirasida “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqishdi.

Mazkur Qonun Prezidentimizning “Koronavirus pandemiyasi va global inkiroz inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Farmonga muvofiq Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilganligi munosabati bilan respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarning chegaralangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, Qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruv organlari tuzilmasida maʼmuriy oʻzgartirishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, yillik byudjet toʻgʻrisidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa oʻzgartirishlar ham kiritish zarurati paydo boʻlgan.

Shuningdek, Prezidentimizning qaroriga asosan respublika hamda mahalliy byudjetlardan amalga oshiriladigan xarajatlarni qisqartirish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari Qonunda belgilangan. Xususan, respublika byudjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash, fermer xoʻjaliklari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun beriladigan subsidiyalar mahalliy byudjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli hududiy byudjetlarga beriladigan transfertlar koʻpaytirilmoqda.

Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash maqsadida byudjet xarajatlari optimallashtirilmokda hamda ustuvor yoʻnalishlarga, yaʼni kornovirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilgan.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech