21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,6 °C

Harbiy
21 Fevral  2019 1691

CЕNTCOM qo‘mondoni Jozef Votel: “O‘zbekiston xalqiga rahmat deb qolaman”

Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida bugun, 21-fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjuman o‘z ishini yakunladi.

 

AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Votel tadbir so‘ngida jurnalistlarga bayonot berdi

“Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari ishtirok etgan ushbu anjumanni tashkillashtirishda beg‘araz yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Prezidenti hamda Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildiraman.

Mazkur anjumanni o‘tkazishda O‘zbekistonning AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligiga ko‘rsatayotgan yordami Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash yo‘lida muhim rol o‘ynaydi. Mintaqada xavsfizlikni ta'minlash hamda barqarorlik uchun tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida yig‘ilgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan ham minnatdorman.

Amerka Qo‘shma Shtatlari mintaqadagi hamkorlarimizning suvereniteti va barqarorligini ta'minlashda, o‘zaro munosabatlarimizni rivojlantirish hamda mustahkamlashga doim tayyor.

Men ushbu anjumanni o‘tkazishga shaxsan yordam ko‘rsatgan va mintaqada xavfsizlikni t'minlash uchun kelajakda qay yo‘sinda hamkorlikni amalga oshirishimiz haqidagi fikrlari bilan bo‘lishgan Shavkat Mirziyoevga rahmat aytaman.

Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, anjumanning muvaffaqiyatli o‘tishini ta'minlashga yordam berganidan minnatdorman. Menga hamda Markaziy va Janubiy Osiyo qurolli kuchlari bosh shtab boshliqlariga mehmondo‘stligi bilan hurmat ko‘rsatgan O‘zbekiston xalqiga rahmat deb qolaman”, deya aytgan o‘z bayonotida Jozef Votel.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech