09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Mamlakatimizda
4 Fevral  2019 1743

Chegara bojxona postida navbatda turgan avtotransport vositalari sonini onlayn bilish mumkin

 Chegara bojxona postlarida qancha avtotransport vositasi navbatda turibdi? Endi buni Internetdan turib bilishingiz mumkin! Davlat bojxona qo‘mitasi yengil va yuk avtotransport vositalarida hamda avtobuslarda respublikamizdan chiqib ketayotgan tashuvchilar va jismoniy shasxlar uchun yana bir qulaylikni taqdim etadi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda chegara-bojxona postlarida chiqish yo‘nalishida navbatda turgan yengil va yuk avtotransport vositalari va avtobuslar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytidagi onlayn tablodan bilish imkoniyati joriy qilindi

Buning uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytining (www.bojxona.uz yoki www.customs.uz) “Jismoniy shaxslar uchun” bo‘limidagi “Chegara bojxona postlarida navbatda turgan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma’lumot” sahifasiga kirsangiz kifoya.

Mazkur tablo Davlat bojxona qo‘mitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiyalashtirilgan bo‘lib, undagi ma’lumotlar har 6 soatda avtomatik ravishda yangilanadi, – deydi Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi katta inspektori Akmal Eshonov. – Bundan tashqari, mazkur tablo orqali chegara bojxona postlarida bir sutka davomida respublikamizga kirgan yoki chiqqan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham ko‘rish mumkin.

Bu yangilik, eng avvalo, chegara bojxona postlarida yengil va yuk avtotransport vositalari tirbandliklarning oldini olish bilan bir qatorda tashuvchilarga navbatda turgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib, harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishlarida ham yordam beradi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech