10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,5 °C

Xalqaro hamkorlik
2 Mart  2020 2556

Belarus-O‘zbek agrar forumida yangi istiqbolli rejalar tuzildi

Belarus-O‘zbek agrar forumi doirasida Belorussiyalik eksport korxonalari o‘zbekistonlik hamkorlari bilan 30 dan ziyod kelishuv va bitimlar imzoladilar.

Bosh vazir o‘rinbosari Vladimir Dvornik rahbarligidagi Belarus hukumati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bir qator vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi. Shuningdek Vladimir Dvornik «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi» aksiyadorlik jamiyati, «Craffers» MChJ qo‘shma korxonasi va Toshkentning qayta ishlovchi korxonalariga tashrif buyurdi. Undan tashqari u Belarus-O‘zbek agrar forumida ishtirok etdi.

Forum yakuni bo‘yicha Belarus sanoat vazirligi va « Uzbek Leasing International A.O.» MChJ qo‘shma korxonasi O‘zbekiston kompaniyasining Belarusda ishlab chiqarilgan tovarlarning moliyaviy ijarasi (lizing) xizmatini ko‘rsatishi haqida bitim imzoladi. Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qisholoq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Tadbir qatnashchilarining umumiy soni 700 nafardan oshdi. O‘zbekiston tomonini barcha viloyatlar, shuningdek  va Agrasanoat majmuasi tizimidagi tarmoq idora va tashkilotlari delegatsiyalari tashkil etdi. Belarus tomonining ishchi delegatsiyasini 150 atrofidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat maxsulotlari eksportchi-korxonalari, fan, ta'lim muassasalari vakillari tashkil etdilar, deb xabar beradi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Belarusning Markaziy Osiyo hududidagi istiqbolli savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2019-yil yakuni bo‘yicha Belarus va O‘zbekistonning ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 239 million dollardan oshib ketdi, ya’ni 1,5 baravar o‘sdi. Bu ikki mamlakat iqtisodiy munosabati tarixida eng katta ko‘rsatkichdir. Ikki tomonlama o‘zaro savdoning eng muhim pozitsiyasini qishloq xo‘jalik va oziq ovqat maxsulotlari tashkil etadi. 2019-yilda Belarusdan O‘zbekistonga 35 million dollarlik qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sof va uning qayta ishlangan shaklida yetkazilgan. O‘zbekistonning Belarusga yetkazgan oziq-ovqatlar maxsulot hajmi 15 million dollardan oshdi. 

O‘zaro qishloq xo‘jaligi maxsulotlari almashinuvidan tashqari Agrosanoat majmuasi tizimiga Belarus tomonining yurtimizda sut-tovar majmuasi qurilishidagi ishtiroki, sutni qayta ishlashni tashkillashtirish, veterinariya preparatlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonasi shakllantirish, urug‘chilik sohasida hamkorlik, shuningdek Belarus agrar sohasidagi ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech