08 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,3 °C

Xavfsizlik
24 Mart  2020 635

Chet eldan qaytgan 30 kishidan 18 COVID-19

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, «COVID-19»ni yuqtirib olgan. Hozirda 1 nafar ushbu kasallikka chalingan 20 yoshli fuqaroni qaysi holatda ushbu infeksiyani yuqtirganligi aniqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar xorijda bo‘lgan fuqarodan uning 14 nafar oila a’zolari va yaqinlariga ushbu infeksiya o‘tgan. Yana bir misol, xorijda bo‘lgan er-xotindan 7 nafar oila a’zolariga koronavirus infeksiyasi yuqqan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15-mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22-martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech