22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Mamlakatimizda
30 Avgust  2019 6145

Prezident farmoni bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga ko‘ra bir qator yangi tayinlovlar amalga oshgirildi.

Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Qahramon Quchqarovich Quranbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Umar Sapaevich Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

 

Alisher Zafar o‘g‘li Sa'dullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech