15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Ijtimoiy hayot
6 Aprel  2019 1370

Chilonzor tumanidagi 12 ta mahallaning mavjud muammolari va aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mahallalarning ijtimoiy muhiti, aholining muammolarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar xulosasiga ko‘ra, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash kabi qator sohalarda kamchiliklar bor. Joriy yilda yo‘llarni asfalt qilish, issiqlik quvurlaridagi nosozliklarni bartaraf etish, markaziy va mahalliy qozonxonalarni ta'mirlash, eskirgan transformatorlarni yangilash, bolalar maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha reja tayyorlanib, uning ijrosi olib borilayotgani bilan, xal etilmayotgan aholi murojaatlari bor.

Toshkent shahar tumanlaridagi mahallalarning ijtimoiy muhiti, ahvolini o‘rganish, joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda faollar bilan yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha Respublika jamoatchilik komissiyasi ishtirokida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan muloqotda Chilonzor tumanining uchinchi sektoridagi muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

“Nafosat” mfyda istiqomat qiluvchi Ixtibor Obidova yolg‘iz boquvchisi bundan 3 yil avval yiqilib, qattiq jarohat olgani natijasida yurolmay qolgani va operatsiyaga muhtoj ekanligini, ammo o‘zi nafaqada bo‘lgani bois bunga pul orttira olmayotganligini ma'lum qildi. Mazkur masalaning yechimi bo‘yicha Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Najmiddinova hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi va talab etilgan jarrohlik tez orada amalga oshirilishi aytildi.

2 nafar farzandni katta qilayotgan yolg‘iz ayol Nigora Nabieva 10 yildan buyon yotoqxonada yashab kelayotganini ma'lum qilib, uy bilan ta'minlash borasida yordam so‘radi. Bu masala tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, ijobiy xal etilishi qayd qilindi.

Shu tariqa uchrashuvda ishtirok etgan 12 ta mahallada mavjud muammolar  va aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech