31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Agrosеktor
8 May  2020 607

Chiroqchida tarvuz pishdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar 2020-yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi.

Ayrim dehqonlar tomonidan yetishtirilgan tarvuzlar pishib, yirik savdo markazlariga yetkazib berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 385 ta fermer xo‘jaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. Shundan 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10 maydan boshlab sotuvga chiqadi.

Chiroqchilik dehqonlar yetishtirgan tarvuz Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus kabi 7 ta davlatga eksport qilinadi. O‘z ishining ustalari o‘tgan yili 25 ming tonna tarvuz eksport qilgan bo‘lsa, bu yil 100 ming tonna tarvuz sotishni reja qilishgan, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech