22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
9 Iyul  2019 395

Chiroqchidagi avtohalokatda ikki kishi vafot etdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha,  8-iyul kuni soat 14.05 larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikkita “Neksiya” rusumli avtomobil ishtirokida ayanchli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, shu tumanda yashagan, 1994 y.t. Sh.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “yettitom-Qarshi” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Annaro‘z qishlog‘ida yashovchi, 34 yoshli Sh.L. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya”avtomashinasi haydovchisi Sh.Q. jarohat olib voqyea joyida va Sh.L. boshqaruvidagi “Neksiya”avtomashinasi yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. kasalxonada vafot etganlar .Shuningdek, haydovchi Sh.L. va uning yana bir yo‘lovchisi 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech