18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17 °C

Mamlakatimizda
11 Aprel  2019 1069

Cho‘kayotgan ayol va uning 3 nafar farzandi qutqarib qolindi

Toshkent shahar Olmazor tumani hududida joylashgan “Damariq” kanalida suvga cho‘kayotgan Ona va uning 3 nafar voyaga yetmagan qizlari Milliy gvardiya xodimi, kichik serjant N. Norqobilov  tomonidan qutqarib qolindi.  Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

 

Joriy yilning 10-aprel kuni, soat 12.00 larda fuqaro D.A. uch nafar voyaga yetmagan qizlari bilan “Damariq” qanali atrofida aylanib yurganida, uning kichkina qizi, 2011-yilda tug‘ilgan Sh.A.ning oyog‘i sirg‘anib, kanalga tushib ketgan. Uni qutqarish maqsadida 2004-yilda tug‘ilgan opasi D.A. o‘zini suvga tashlagan, biroq yordam berolmagan. Ikkinchi qizi ham cho‘kishni boshlaganini ko‘rgan fuqaro D.A.(qizlarning onasi) o‘zini suvga otgan. Bu holatni ko‘rib qo‘rqib ketgan 2009-yilda tug‘ilgan qizi D.A. ham suvga tushib olgan. 4 nafar inson birgalikda cho‘kib ketayotganida “Damariq” qanali bo‘ylab yashash manziliga ketayotgan Milliy gvardiya xodimi, kichik serjant N.Norqobilov ularni ko‘rib qolib, xizmat kiyimida o‘zini suvga tashlagan. Serjant ayol va qizlarini suv chetiga olib chiqqach, unga yordamga kelgan shu mahalla fuqarolari tez tibbiy yordam chaqirib, ona va uning 3 nafar qizini  shifoxanaga olib borganlar. Hozirda fuqaro D.A. va uning 3 nafar farzandining ahvoli yaxshi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech